歌词塔 搜索歌曲

Bahor-Kuz歌词

歌手:Mirjamol 专辑:最新热歌慢摇99

Salom Kuz
men sevgan oltin fasli Kuz
Ming bor afsus
uchrasholmaymiz yuzma-yuz
Men Bahorman, seni sevgan telba Bahorman
Bahor fasliman
Ming yillardan buyon qalbimda bu armonning asiriman
ming yil asiriman
Men Bahorman senga yetolmagan
Men Bahorman sevgim aytolmagan
Qahraton Qish ajratar bizlarni
Sovuq qorlar izingni qoplagan
Gullar ekib undirdim sen uchun
Yomg’ir bo’lib suv quydim kun-u tun
Yoz kelib quridi barcha gullar
Salomim yetib bormadi afsus
Ming bor afsus, ming bor afsus
Yonma-yon emas ekan Bahor-Kuz
Ming bor afsus, ming bor afsus
Uchrasholmas ekanmiz yuzma-yuz
Salom Bahor
suyukligim go’zal Bahor
Betakrorsan
qalbing doimo beg’ubor
Bugun quyosh salomingni menga yetkazdi
qo’lin tutqazdi
Sog’inchlardan bugun ko’z yoshlarim yomg’irga aylandi
dardga boylandi
Men Kuz fasliman seni sog’ingan
Men Kuz fasliman senga talpingan
Lekin afsus, qismat ekan bizda
Diydorlashish hech nasib etmagan
Sen qayta rang bergan daraxtlarni
Nafasing tegib o’tgan yerlarni
Qattiq quchoqlasam, faryod ursam
Har safar xazonga aylanadi
Ming bor afsus, ming bor afsus
Uchrasholmas ekanmiz yuzma-yuz
Ming bor afsus, ming bor afsus
Yonma-yon emas ekan Bahor-Kuz
Ming bor afsus, ming bor afsus
Yonma-yon emas ekan Bahor-Kuz
Ming bor afsus, ming bor afsus
Uchrasholmas ekanmiz yuzma-yuz
更多>

Mirjamol最新专辑

更多>

Mirjamol最新歌曲