歌词塔 搜索歌曲

Xalos et歌词

歌手:Rayhon 专辑:Xalos et

作词 : RizaNovaUZ
作曲 : RizaNovaUZ

Bugun armon to`lar qalbimda,
Yurak-bag`rim bo`lar pora-pora.
Ayt, seni sog`ingan dilimni
Ne bilan ovutay, yo`qdir chora?

Balki ko`p vaqt o`tmay, qalbingdan
O`chira olarsan sevgim mening.
Yolg`izlanib qolgan qalbimda
Abadiy chizilgan isming sening.

Xalos et meni javobsiz sevgingdan,
Bir zum xalos et,
endi charchadim sog`inchdan.

Begunoh yurak sarson arosatda,
Qalbim mahrum et bir on,
to`xtatgin sevishdan.

~ m u s i q a ~

O`ylasam, biz kutgan orzular
Tobora uzoqda bizdan ular.
Sevgimiz go`yo bir hikoya,
Unda sahifalar tugab borar.

Balki ko`p vaqt o`tmay, qalbingdan
O`chira olarsan sevgim mening.
Armonlarda qolgan qalbimda
Takror urib turar isming sening.

Xalos et meni javobsiz sevgingdan,
Bir zum xalos et,
endi charchadim sog`inchdan.

Begunoh yurak sarson arosatda,
Qalbim mahrum et bir on,
to`xtatgin sevishdan.


更多>

Rayhon最新专辑

更多>

Rayhon最新歌曲